Axsikent tarixi: yangicha qarash, tahlil va tadqiqotlar

Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 16-yanvardagi 11-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “2026-yilda xalqaro miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi”ga muvofiq, 2026-yil 15-iyun kuni Namangan davlat pedagogika instituti Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasining tashabbusi bilan o‘tkazildi.

1+ Sonlar
57+ Maqolalar
63+ Ishtirokchilar
Oʻzbekcha

AXSIKENT ARXEOLOGIYA PARKI

Nashr sanasi
15.06.2026
Jurnal
Axsikent tarixi: yangicha qarash, tahlil va tadqiqotlar
Nashr
«Axsikent tarixi: yangicha qarash, tahlil va tadqiqotlar» xalqaro ilmiy-amaliy anjumani materiallari (2026-yil, 15-iyun)
Sahifalar
12-20
DOI
10.5281/zenodo.21029390

Mualliflar

Annotatsiya

Maqolada Axsikent arxeologiya parkining tashkil etilishi, uning tarkibiga kiruvchi VIII, XVIII va XIX obyektlarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijalari yoritilgan. Tadqiqotlar davomida miloddan avvalgi III asrdan milodiy XIII asrgacha bo‘lgan davrlarga oid madaniy qatlamlar, turar joy qoldiqlari, mudofaa inshootlari hamda noyob yer osti suv ta’minoti tizimlari aniqlangan. X–XII asrlarga oid mahobatli turar joylar, sinchli me’morchilik an’analari, ganch bezaklar va devoriy rasmlar Axsikent aholisining yuksak moddiy madaniyatidan dalolat beradi. Shuningdek, maqolada o‘rta asrlar davriga oid gidrotexnik inshootlarning qurilish texnologiyasi, ularning uzoq muddat faoliyat ko‘rsatgani hamda Farg‘ona vodiysida muhandislik tafakkurining rivojlanganligi tahlil qilingan. Axsikent arxeologiya parkining ilmiy, madaniy va turistik salohiyati baholanadi.

Kalit so‘zlar

Axsikat Axsikent Farg‘ona vodiysi arxeologik turizm arxeologik yodgorlik arxeologiya parki gidrotexnik inshoot mudofaa devori o‘rta asrlar me’morchiligi. shahriston vodoprovod yer osti suv tarmog‘i

Boshqa tillardagi variantlar

Русский
В статье рассматриваются результаты археологических исследований, проведённых на территории археологического парка Аксикент, созданного на базе городища древнего города Ахсикат. Особое внимание уделено объектам VIII, XVIII и XIX, где выявлены остатки жилых комплексов, оборонительных сооружений и уникальных подземных систем водоснабжения, функционировавших в X–XII веках. Анализируются особенности строительных технологий, гидротехнических сооружений, городской инфраструктуры и инженерных решений средневекового населения Ферганской долины. Полученные материалы свидетельствуют о высоком уровне развития градостроительства, архитектуры и водного хозяйства Аксикента. Также раскрывается научный, культурный и туристический потенциал археологического парка как важного объекта историко-культурного наследия Узбекистана.
Аксикент Ахсикат Ферганская долина археологические исследования археологический парк археологический туризм. гидротехнические сооружения городище оборонительные стены подземный водопровод средневековый город шахристан
English
The article presents the results of archaeological research conducted within the Axsikent Archaeological Park, established on the site of the ancient city of Akhsikat. Particular attention is paid to Objects VIII, XVIII, and XIX, where remains of residential complexes, defensive structures, and unique underground water supply systems dating to the 10th–12th centuries were discovered. The study analyzes construction techniques, hydraulic engineering facilities, urban infrastructure, and engineering achievements of the medieval population of the Fergana Valley. The obtained materials demonstrate the high level of development of urban planning, architecture, and water management in Axsikent. The article also highlights the scientific, cultural, and tourism potential of the Axsikent Archaeological Park as an important historical and cultural heritage site of Uzbekistan.
Akhsikat Axsikent Fergana Valley ancient settlement archaeological park archaeological research archaeological tourism. defensive walls hydraulic engineering structures medieval city shahristan underground water supply system
PDFni ko'rish O‘xshash maqolalar