Yashil iqtisodiyot sharoitida makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash va milliy barqaror rivojlanish: muammo va yechimlar

Mazkur Respunlika illmiy-amaliy anjumani O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi “2026-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 11-sonli buyrug‘iga muvofiq, 2026 yil 13-14 noyabr kunlari Turon universiteti Andijon filialida Iqtisodiyot va moliya kafedrasi tomonidan tashkil etilgan.

1+ Sonlar
143+ Maqolalar
133+ Ishtirokchilar
Oʻzbekcha

110G13L PO‘LATIDAN TAYYORLANGAN KARYER EKSKAVATORI CHO‘MICH TISHLARINING TURLI QATTIQLIKDAGI ABRAZIV JINSLARDA YEYILISHIGA SIRT QATLAMINING QATTIQLASHISH TA’SIRI

Nashr sanasi
14.11.2026
Jurnal
Yashil iqtisodiyot sharoitida makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash va milliy barqaror rivojlanish: muammo va yechimlar
Nashr
Yashil iqtisodiyot sharoitida makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash va milliy barqaror rivojlanish: muammo va yechimlar
Sahifalar
689-692
DOI
10.5281/zenodo.24341065

Mualliflar

Annotatsiya

Ushbu tezisda 110G13L markali yuqori marganesli po‘latdan tayyorlangan karyer ekskavatori cho‘mich tishlarining turli qattiqlikdagi abraziv tog‘ jinslari bilan o‘zaro ta’siri natijasida yeyilish xususiyatlari tahlil qilingan. Materialning plastik deformatsiya ta’sirida sirt qatlamining qattiqlashishi yeyilishga chidamlilikni oshiruvchi omillardan biri bo‘lsa-da, uning samarasi abraziv muhitning qattiqligiga bog‘liq. Ilmiy adabiyotlarda keltirilgan natijalar asosida nisbatan yumshoq va yuqori qattiqlikdagi jinslarda 110G13L po‘latining ishlash xususiyatlari taqqoslangan. Abraziv jins qattiqligi, materialning qattiqlashish imkoniyati va yeyilish intensivligi o‘rtasidagi bog‘liqlik ko‘rib chiqilgan. Olingan tahliliy xulosalar cho‘mich tishlari materialini tanlash va ularning ekspluatatsion samaradorligini oshirishda tog‘ jinsi xususiyatlarini hisobga olish zarurligini ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar

karyer ekskavatori cho‘mich tishi G13L po‘lati abraziv yeyilish tog‘ jinsi qattiqligi sirt qatlamining qattiqlashishi yeyilishga chidamlilik.

Boshqa tillardagi variantlar

Русский
В тезисе проанализированы особенности изнашивания зубьев ковша карьерного экскаватора, изготовленных из высокомарганцовистой стали 110Г13Л, при взаимодействии с абразивными горными породами различной твёрдости. Упрочнение поверхностного слоя вследствие пластической деформации является одним из факторов повышения износостойкости материала, однако эффективность данного процесса зависит от твёрдости абразивной среды. На основе опубликованных научных результатов сопоставлены особенности работы стали 110Г13Л в относительно мягких и высокотвёрдых горных породах. Рассмотрена взаимосвязь между твёрдостью абразивных частиц, способностью материала к упрочнению и интенсивностью изнашивания. Сделанные аналитические выводы показывают необходимость учёта свойств горных пород при выборе материала зубьев ковша и повышении их эксплуатационной эффективности.
карьерный экскаватор зуб ковша сталь 110Г13Л абразивный износ твёрдость горной породы упрочнение поверхностного слоя износостойкость
English
This thesis analyzes the wear behaviour of quarry excavator bucket teeth manufactured from high-manganese 110G13L steel when interacting with abrasive rocks of different hardness. Surface hardening caused by plastic deformation is one of the factors that can improve wear resistance; however, its effectiveness depends on the hardness of the abrasive medium. Based on published scientific findings, the performance of 110G13L steel in relatively soft and high-hardness rocks is compared. The relationship between abrasive hardness, the material's work-hardening capacity and wear intensity is discussed. The analysis highlights the importance of considering rock properties when selecting bucket tooth materials and improving their operational efficiency.
quarry excavator bucket tooth G13L steel abrasive wear rock hardness surface-layer hardening wear resistance.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Bolobov V. I., Chupin S. A. About the use of 110G13L steel as a material for the excavator bucket teeth // IOP Conference Series: Earth and Environmental Science. – 2019. – Vol. 378. – 012005. – DOI: 10.1088/1755-1315/378/1/012005.
2. Bolobov V. I., Chupin S. A. Influence of the type of hardening treatment on wear-resistant materials of mining equipment // Journal of Mining Institute. – 2015. – Vol. 216. – P. 44–49.
3. Bolobov V., Chupin S., Bochkov V. About Increasing Wear Resistance of Rock-Breaking Tool to Abrasion by Using Mechanical and Thermo-Mechanical Treatment // International Review of Mechanical Engineering. – 2017. – Vol. 11, No. 5. – P. 301–304. – DOI: 10.15866/ireme.v11i5.11581.
PDFni ko'rish O‘xshash maqolalar