Smart Quill Publishing

Academic platform for journals and conferences

Information letter

“Scientific Epicenter” ilmiy-uslubiy jurnali

https://smartquillpublishing.uz/en/information-letters/scientific-epicenter

Submission open Published: 25 May 2026

AXBOROT XATI

Barchaga ma’lumki, hozirgi kunda ilm-fan, ta’lim va innovatsion tafakkurning o‘rni tobora ortib bormoqda. Zamonaviy ilmiy izlanishlar natijalarini keng jamoatchilikka yetkazish, ilmiy muloqotni rivojlantirish hamda yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash dolzarb vazifalardan biriga aylangan. Shu munosabat bilan

“Smart Quill Publishing” MCHJ tomonidan “Scientific Epicenter” ilmiy-uslubiy jurnali faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur jurnal professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar hamda magistratura va bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan talabalar uchun ilm-fan taraqqiyotining dolzarb masalalarini yoritish, zamonaviy ilmiy yondashuvlar va innovatsion g‘oyalarni keng ommaga taqdim etish, shuningdek, yosh tadqiqotchilarning ilmiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.

Jurnalga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha maqolalar qabul qilinadi:

07.00.00 – Tarix fanlari

09.00.00 – Falsafa fanlari

10.00.00 – Filologiya fanlari

13.00.00 – Pedagogika fanlari

Maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.

Maqolalar quyidagi ba’zalarda indekslanadi:

– Google scholar;

– Zenodo doi;

– OpenAIRE;

–smartquillpublishing.uz

MAQOLALAR HAR OYNING 25-SANASIGA QADAR QABUL QILINADI HAMDA 30-SANASIDA NASHR QILINADI.

Maqolalar quyidagi talablarga javob berishi shart:

- Maqolalar yuqoridagi yo‘nalishlarga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar asosida, amaliy tavsiyalar bilan taqdim etilishi lozim;

- Maqola mavzusi bosh harflarda va qoraytirilgan holda yozilishi, keyingi qatordan muallifning ismi, familiyasi va sharifi, ish joyi, lavozimi, telefon raqami, elektron pochta manzili va ORCID raqami (agar mavjud bo‘lsa) ko‘rsatiladi. Mualliflar soni 3 (uch) tadan ko‘p bo‘lmasligi lozim.

- Maqola annotatsiyasi 100-120 so‘z oralig‘ida bo‘lishi lozim.

- Kalit so‘zlar bevosita maqola matnida mavjud bo‘lgan kamida 7 ta so‘z yoki iboradan iborat bo‘ladi hamda annotatsiyadan keyin joylashtiriladi.

- Word matn redaktorida Times New Roman 14 pt o‘lchamli shrifti bilan 1,5 intervalda, qog‘oz o‘lchovi A4 210x197 mm; Matn maydoni yuqoridan va pastdan 2 sm, o‘ngdan 1,5 sm, chapdan 3 sm.

- Maqola mavzusi, annotatsiya va kalit so‘zlar 3 tilda (o‘zbek, rus, ingliz) berilishi shart.

- Foydalanilgan adabiyotlar kamida 3-4 ta nomdagi adabiyotni tashkil etishi zarur.

- Maqolaga havola (snoska)lar [1,2...] ko‘rinishida va maqola so‘ngida “Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati” bandiga adabiyot sifatida ketma-ketlikda, tartib bilan havola raqami ko‘rsatilishi kerak. Har bir adabiyotning bibliografik tavsifi to‘liq berilishi shart.

Axborot xatining 3-sahifasidagi namuna bilan tanishing!

Maqoladagi ma’lumot va dalillarning aniqligi, to‘g‘riligi va

ko‘chirmakashlikka yo‘l qo‘yilmaganligiga muallif javobgardir.

Mavzuga tegishli bo‘lmagan, tahrir qilinmagan hamda imlo xatolari bilan taqdim etilgan maqolalar ilmiy to‘plamga kiritilmaydi.

Ilmiy maqolalar quyidagi manzilda qabul qilinadi:

Mas’ul: Asadbek Jabbarov

Telefon raqam: +998 87 135 54 53

Telegram manzili: https://t.me/smart_quill_publishing (@smart_quill_publishing)

Elektron manzil: smartquill.editor@gmail.com

Til: EN Slug: scientific-epicenter
Back to home