Mazkur maqolada ijtimoiy tarmoqlar va internet-nashrlarda qo‘llaniladigan polisemantik frazeologik birliklarning stilistik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda polisemantik frazeologik birliklarning turli kommunikativ kontekstlarda ma’no variantlarini aktuallashtirishi hamda ularning nutqning ta’sirchanligi va ifodaliligini oshirishdagi o‘rni yoritiladi. Ayniqsa, mazkur birliklarning ekspressivlik, baholash, kinoya, yumor, ishontirish va o‘quvchi e’tiborini jalb etish kabi stilistik funksiyalari ko‘rib chiqiladi
ekspressivlik
frazeologik birlik
ijtimoiy tarmoq
kontekst
polisemiya
stilistik imkoniyat