Ushbu maqolada TiO2 nanozarralarini sintez qilish usuli bayon etilgan hamda skanerlovchi elektron mikroskopiya yordamida ularning teksturaviy xususiyatlari o‘rganilgan. O‘tkazilgan tajribalar tanlangan sintez usulining samaradorligini tasdiqlaydi hamda zarralarning morfologiyasi, o‘lchami va tuzilishiga oid muhim ma’lumotlarni taqdim etadi. TiO2 nanozarralarining teksturaviy xususiyatlarini o‘rganish ularning kataliz, fotokatalitik jarayonlar, quyosh elementlari va boshqa sohalarda qo‘llanilish imkoniyatlari bilan bevosita bog‘liqdir. Mazkur ish TiO2 nanozarralari haqidagi tushunchamizni kengaytiradi hamda ulardan fan va texnikaning turli sohalarida foydalanish uchun yangi istiqbollarni ochadi.
morfologiya
tekstura
nanozarra
samaradorlik
mikroskopiya
fotokatalizator
fotokorroziya
titan dioksidi
sorbent.