Mazkur maqolada Toshkent viloyatida sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini ARIMA modeli asosida prognozlash natijalari yoritilgan. Prognozlashda ekin maydoni, havo harorati, yog‘ingarchilik miqdori hamda mineral o‘g‘itlar xarajatlari ko‘rsatkichlaridan foydalanilgan. Tadqiqot natijalari 2031 yilgacha sabzavot ishlab chiqarish hajmlarining barqaror o‘sishini va tarmoqni yanada rivojlantirish imkoniyatlari mavjudligini ko‘rsatadi.
ARIMA modeli
Toshkent viloyati.
prognozlash
sabzavotchilik
sabzavotlar yalpi hosili
vaqt qatorlari