Mazku ilmiy tadqiqotning asosiy maqsadi – «Tamburlaine the Conqueror» asarini pragmatik tahlil qilish hamda original va badiiy tarjima o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlashdan iborat. Ushbu ilmiy tadqiqotda qiyosiy, lingvopragmatik, tarixiy-diaxronik va tizimli tahlil usullari qo‘llanildi. Maqolada «Tamburlaine the Conqueror» asarida realiyalar ishlatilishiga oid misollar ko‘rib chiqilib, ushbu realiyalarning rus va o‘zbek tillaridagi tarjimalarining qiyosiy-pragmatik o‘rganilishi amalga oshirildi. Natijada, realiyalarning original va tarjima matnlardagi adekvat hamda noto‘g‘ri ishlatilishi aniqlangan. Xulosa maqola yakunida berilgan
aniqlash
asar
badiiy
mutanosiblik
original
pragmatika
qiyosiy
realiya
tahlil
til