O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA INFLYATSIYANING MAKROIQTISODIY VA IJTIMOIY TA’SIRI HAMDA UNI BARQARORLASHTIRISH YO‘LLARI
Published
14.11.2026
Journal
Ensuring Macroeconomic Stability and National Sustainable Development in the Context of the Green Economy: Problems and Solutions
Issue
Ensuring Macroeconomic Stability and National Sustainable Development in the Context of the Green Economy: Problems and Solutions
Pages
147-154
Authors
Abstract
Mazkur maqolada inflyatsiyaning iqtisodiy mohiyati, uning O‘zbekiston iqtisodiyotiga makroiqtisodiy va ijtimoiy ta’siri hamda narxlar barqarorligini ta’minlashning zamonaviy mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda 2018–2025-yillarda iste’mol narxlari inflyatsiyasi dinamikasi, 2026-yilning joriy inflyatsion jarayonlari, pul-kredit siyosatining asosiy instrumentlari, ichki talab, energiya tariflari, import inflyatsiyasi, oziq-ovqat narxlari va inflyatsion kutilmalarning o‘zaro bog‘liqligi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, inflyatsiyaning aholi xarid qobiliyati, real daromadlar va kambag‘allik darajasiga ta’siri baholanadi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda inflyatsiya 2018-yil boshidagi 20,1 foizdan 2025-yil yakunida 7,3 foizgacha pasaygan; 2026-yil avgustida esa yillik inflyatsiya 6,2 foizni tashkil etgan. Shu bilan birga, 2026-yilda ichki talabning yuqoriligi, energiya tariflarining o‘zgarishi, global oziq-ovqat va energiya narxlari hamda geosiyosiy xatarlar inflyatsiyaning 5 foizlik targetga tezroq tushishiga to‘sqinlik qiluvchi omillar sifatida namoyon bo‘lmoqda. Tadqiqot natijalari inflyatsiyani barqaror pasaytirish faqat qat’iy pul-kredit siyosati bilan cheklanmasdan, fiskal intizom, raqobat muhitini kuchaytirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, logistika infratuzilmasini rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash va manzilli ijtimoiy himoyani takomillashtirish bilan birgalikda olib borilishi lozimligini ko‘rsatadi.
Keywords
inflyatsiya
inflyatsion targetlash
narxlar barqarorligi
pul-kredit siyosati
asosiy stavka
inflyatsion kutilmalar
ichki talab
import inflyatsiyasi
oziq-ovqat xavfsizligi
kambag‘allik
fiskal siyosat
makroiqtisodiy barqarorlik
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Pul-kredit siyosati sharhi. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, 2025–2026.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar. – Toshkent, 2026.
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlari: 2026-yil va o‘rta muddatli istiqbol. – Toshkent, 2026.
4. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. O‘zbekistonda iste’mol narxlar indeksi va inflyatsiya ko‘rsatkichlari – Toshkent, 2018–2026.
5. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati. – Toshkent, 2025–2026.
6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. O‘zbekiston Respublikasining fiskal strategiyasi. – Toshkent, 2025–2026.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. O‘zbekiston – 2030 strategiyasi to‘g‘risida. – Toshkent, 2023.
8. International Monetary Fund. Republic of Uzbekistan: 2026 Article IV Consultation—Press Release; Staff Report. – Washington, DC: IMF, 2026.
9. International Monetary Fund. World Economic Outlook: Global Economy in Transition. – Washington, DC: IMF, 2025–2026.
10. World Bank. Uzbekistan Economic Update. – Washington, DC: World Bank, 2025–2026.