ONA TILI DARSLARIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH USULLARI
Published
09.10.2026
Journal
"Boshlang‘ich ta’lim tizimida zamonaviy kompetensiyalarni rivojlantirish: integrativ yondashuvlar va amaliy yechimlar" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani
Issue
"Boshlang‘ich ta’lim tizimida zamonaviy kompetensiyalarni rivojlantirish: integrativ yondashuvlar va amaliy yechimlar" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani
Pages
555-559
Authors
Abstract
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ona tili darslarida kreativligini rivojlantirishning pedagogik mazmuni, samarali usullari va ta’lim jarayonida ulardan foydalanish imkoniyatlari yoritilgan. Boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarning ijodiy fikrlashi, mustaqil qaror qabul qilishi, o‘z fikrini erkin ifodalashi, mavjud muammolarga turli nuqtayi nazardan yondashishi hamda yangicha g‘oyalar ilgari surishi ta’lim samaradorligining muhim omillaridan biri sifatida qaraladi. Shu nuqtayi nazardan, ona tili darslarini faqat grammatik bilim va nazariy ma’lumotlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirmasdan, o‘quvchilarning ijodiy imkoniyatlarini namoyon etishga xizmat qiladigan faol ta’lim muhiti asosida tashkil etish zarur.Tadqiqotda ona tili darslarida kreativlikni shakllantirishga xizmat qiluvchi pedagogik yondashuvlar, jumladan, muammoli ta’lim, interfaol metodlar, aqliy hujum, klaster, “Agar men...” kabi ijodiy topshiriqlar, davomli hikoya tuzish, matnni qayta yaratish, rasm asosida matn tuzish, so‘z va gaplar bilan ijodiy ishlash, rolli o‘yinlar hamda kichik loyihalardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Bunday metodlar o‘quvchini tayyor bilimni qabul qiluvchi subyekt sifatida emas, balki ta’lim jarayonining faol ishtirokchisi sifatida shakllantirishga yordam beradi. Ayniqsa, ochiq turdagi savollar va bir nechta yechimga ega topshiriqlar o‘quvchilarning tasavvuri, kuzatuvchanligi, mantiqiy va obrazli tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi.Tadqiqot natijalari ona tili darslarida an’anaviy mashqlarni ijodiy va interfaol topshiriqlar bilan uyg‘unlashtirish boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsga qiziqishini oshirishi, mustaqil fikrlashini faollashtirishi, nutqiy kompetensiyalarini boyitishi va kreativ yondashuvini shakllantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatadi. Mazkur pedagogik usullarni tizimli ravishda qo‘llash orqali o‘quvchilarning nafaqat ona tili fanidan bilimlarini, balki kundalik hayotda zarur bo‘ladigan ijodiy va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini ham rivojlantirish mumkin
Keywords
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
boshlang‘ich ta’lim
ijodiy qobiliyat
ijodiy tafakkur
ijodiy topshiriqlar
interfaol ta’lim
kreativ fikrlash
kreativlik
mustaqil fikrlash
ona tili darslari
pedagogik yondashuv
pedagogik usullar
muammoli ta’lim
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son Farmoni. “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son Farmoni. “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.
3. O‘zbekiston Respublikasi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun. O‘RQ-637-son, 2020-yil 23-sentabr.
4. Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2006.
5. Tolipov O‘.Q., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. – Toshkent: Fan, 2006.
6. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. – Toshkent: Iste’dod, 2008.
7. Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2004.