Zamonaviy fan: innovatsion yondashuvlar va yosh tadqiqotchilarning dolzarb izlanishlari

Namangan davlat pedagogika instituti hamda G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahri filiali hamkorligida joriy yilning 10-avgust kuni "Zamonaviy fan: innovatsion yondashuvlar va yosh tadqiqotchilarning dolzarb izlanishlari" mavzusidagi II an’anaviy Respublika miqyosidagi konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

1+ Issues
190+ Articles
187+ Participants
Oʻzbekcha

OGAHIY LIRIKASIDAGI “VAFO” KATEGORIYASINING FALSAFIY TAHLILI

Published
25.08.2026
Journal
Zamonaviy fan: innovatsion yondashuvlar va yosh tadqiqotchilarning dolzarb izlanishlari
Issue
Zamonaviy fan: innovatsion yondashuvlar va yosh tadqiqotchilarning dolzarb izlanishlari
Pages
491-495
DOI
10.5281/zenodo.21933893

Authors

Abstract

Mazkur maqolada Muhammad Rizo Ogahiy ijodida vafo va sadoqat tushunchalarining axloqiy, falsafiy va ijtimoiy mazmuni tahlil qilinadi. Shoirning g‘azal, ruboiy, qit’a va boshqa janrlardagi asarlari asosida vafo konsepsiyasining oshiq-ma’shuq munosabatlari, insonlararo munosabatlar hamda dunyoning o‘tkinchiligi bilan bog‘liq jihatlari ochib beriladi. Ogahiy ijodida vafo, avvalo, insonning yuksak axloqiy fazilati, muhabbat va sadoqatning muhim mezoni sifatida talqin qilinishi, bevafo-lik esa salbiy axloqiy hodisa sifatida qoralangani ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, sadoqat tushunchasining do‘stlik, insoniy munosabatlar, ijtimoiy-siyosiy hayot va komil inson konsepsiyasi bilan bog‘liqligi yoritiladi. Tadqiqotda Ogahiy qarashlari Forobiy, Navoiy, Jomiy va Attor kabi mutafakkirlarning axloqiy qarashlari bilan qiyosiy jihatdan mushohada qilinadi. Tahlil natijasida Ogahiy merosida vafo va sadoqat shaxsiy fazilat doirasidan tashqariga chiqib, insoniylik, ishonch, ijtimoiy barqarorlik va ma’naviy kamolotning muhim mezoni sifatida namoyon bo‘lishi asoslanadi. Mazkur axloqiy qadriyatlarning bugungi yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasidagi ahamiyati ham ko‘rsatib beriladi

Keywords

Muhammad Rizo Ogahiy axloq axloqiy qadriyatlar bevafo-lik do‘stlik falsafiy-estetik qarashlar ijtimoiy-falsafiy qarashlar insoniylik komil inson ma’naviy kamolot muhabbat sadoqat vafo

Other language versions

Русский
В данной статье анализируется этическое, философское и социальное содержание понятий «верность» и «преданность» в творчестве Мухаммада Ризы Огахи. На основе газелей, рубаи, кытъа и других произведений поэта раскрываются различные аспекты концепта верности, связанные с отношениями влюблённых, межличностными отношениями, а также с философским осмыслением бренности и непостоянства мира. Показано, что в творчестве Огахи верность прежде всего рассматривается как высокое нравственное качество человека, важнейший критерий любви и преданности, тогда как неверность осуждается как отрицательное нравственное явление. Особое внимание уделяется взаимосвязи понятия преданности с дружбой, человеческими отношениями, общественно-политической жизнью и концепцией совершенного человека. В статье взгляды Огахи рассматриваются в сопоставлении с этическими воззрениями таких мыслителей, как аль-Фараби, Алишер Навои, Абдурахман Джами и Фарид ад-Дин Аттар. В результате анализа обосновывается, что в наследии Огахи верность и преданность выходят за рамки индивидуального нравственного качества и выступают важными критериями человечности, доверия, социальной стабильности и духовно-нравственного совершенствования. Также раскрывается значение данных нравственных ценностей для духовно-нравственного воспитания современной молодёжи
Мухаммад Риза Огахи верность дружба духовное совершенствование любовь неверность нравственные ценности преданность совершенный человек социально-философские взгляды философско-эстетические взгляды человечность этика
English
This article analyzes the ethical, philosophical, and social meanings of the concepts of fidelity and loyalty in the works of Muhammad Riza Agahi. Based on the poet’s ghazals, rubai, qit’a, and other literary works, the study explores various aspects of the concept of fidelity in relation to the relationships between lovers, interpersonal relations, and the philosophical understanding of the transience and instability of the world. The article demonstrates that in Agahi’s works, fidelity is primarily interpreted as a high moral virtue and an essential criterion of love and loyalty, whereas infidelity is condemned as a negative moral phenomenon. Particular attention is paid to the relationship between loyalty and friendship, human relations, socio-political life, and the concept of the perfect human being. Agahi’s views are also examined comparatively in relation to the ethical ideas of such thinkers as al-Farabi, Alisher Navoi, Abdurahman Jami, and Farid al-Din Attar. The analysis demonstrates that in Agahi’s intellectual and literary heritage, fidelity and loyalty extend beyond the sphere of individual moral qualities and function as important criteria of humanity, trust, social stability, and spiritual and moral development. The article also highlights the significance of these moral values for the spiritual and ethical education of contemporary youth
Muhammad Riza Agahi ethics fidelity friendship humanity infidelity love loyalty moral values perfect human being philosophical and aesthetic views socio-philosophical views spiritual development

References

1. Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy. Zubdatu-t-tavorix // Nashrga tayyorlovchi, so‘zboshi, izoh va ko‘rsatkichlar muallifi N. Jabborov. – Toshkent: O‘zbekiston, 2009.
2. Muhammad Rizo Erniyozbek о‘g‘li Ogahiy Zubdatu-t-tavorix // Nashrga tayyorlovchi: N. Jabborov. – Toshkent: O‘zbekiston, 2009.
3. Muhammad Rizo Mirob Erniyozbek oʻgʻli Ogahiy Asarlar. I jild. // Nashrga tayyorlovchi: Gʻulom Karim, muharrir: Subutoy Dolimov. – Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1971.
4. Muhammad Riza Mirab Agahi. Jami‘al-vaqi’at-i sultani. Ed. by N. Tashev. – Samarkand-Tashkent: IICAS, 2012.
5. Muhammad Rizo Mirob Erniyozbek oʻgʻli Ogahiy Asarlar. II jild. // Nashrga tayyorlovchi: Gʻulom Karim, Mas’ul muharrir: Subutoy Dolimov. – Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1972.
6. Muhammad Rizo Mirob Erniyozbek oʻgʻli Ogahiy Asarlar. V jild. // Nashrga tayyorlovchi: Subutoy Dolimov, muharrir: Gʻulom Karim. – Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1978.
7. Muhammad Rizo Mirob Erniyozbek oʻgʻli Ogahiy Asarlar. VI jildlik. Nashrga tayyorlovchi: Gʻulom Karim, muharrir: Subutoy Dolimov. – Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1971-80.
8. Muhammad Rizo Ogahiy Ta’vizul oshiqin. – Toshkent: О‘zSSR Fanlar Akademiyasi nashriyoti, 1960.
9. Muhammad Rizo Ogahiy Taviz ul-oshiqin. Devon // Nashrga tayyorlovchi: Rafiddinov S. – Toshkent: Adabiyot, 2023.
View PDF Related articles