Maktabgacha ta’limni barqaror rivojlantirish: global tendensiyalar, milliy tajriba va strategik yechimlar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi 11-sonli buyrug‘i bilan 2026-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasiga kiritilgan Namangan davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta'lim kafedrasi tomonidan 2026-yil 25-sentyabr kuni “Maktabgacha ta’limni barqaror rivojlantirish: global tendensiyalar, milliy tajriba va strategik yechimlar” mavzusida respublika konferensiya o'tkazilishi rejalashtirilgan.

1+ Issues
86+ Articles
91+ Participants
Oʻzbekcha

MAKTABGACHA TA’LIMDA INKLYUZIV BOLALARGA QARATILAYOTGAN SHART-SHAROITLAR

Published
28.09.2026
Journal
Maktabgacha ta’limni barqaror rivojlantirish: global tendensiyalar, milliy tajriba va strategik yechimlar
Issue
Maktabgacha ta’limni barqaror rivojlantirish: global tendensiyalar, milliy tajriba va strategik yechimlar
Pages
349-353
DOI
10.5281/zenodo.23256094

Authors

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’limni tashkil etish, alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bolalar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalari yoritilgan. Inklyuziv ta’lim muhitini shakllantirishda ta’lim tashkilotining moddiy-texnik bazasi, pedagoglarning kasbiy kompetensiyasi, psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash, ta’lim jarayonini individual ehtiyojlarga moslashtirish hamda bolalarning teng ta’lim olish imkoniyatlarini ta’minlashning ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, inklyuziv guruhlarda bolalarning ijtimoiylashuvi, tengdoshlari bilan muloqoti va rivojlanishi uchun qulay pedagogik muhit yaratish zarurligi asoslangan. Maqolada inklyuziv ta’lim samaradorligini oshirishda pedagog, ota-ona, psixolog va boshqa mutaxassislarning hamkorligi muhim omil sifatida ko‘rsatilgan.

Keywords

alohida ta’lim ehtiyojlari bolalar rivojlanishi ijtimoiylashuv inklyuziv muhit inklyuziv ta’lim maktabgacha ta’lim pedagog kompetensiyasi pedagogik sharoit psixologik qo‘llab-quvvatlash teng imkoniyat

Other language versions

Русский
В статье рассматриваются вопросы организации инклюзивного образования в дошкольных образовательных организациях и создания необходимых условий для детей с особыми образовательными потребностями. Анализируется значение материально-технической базы образовательной организации, профессиональной компетентности педагогов, психолого-педагогической поддержки, адаптации образовательного процесса к индивидуальным потребностям детей и обеспечения равных возможностей для получения образования. Особое внимание уделяется созданию благоприятной педагогической среды, способствующей социализации детей, развитию их коммуникативных навыков и взаимодействию со сверстниками. Подчеркивается необходимость сотрудничества педагогов, родителей, психологов и других специалистов для повышения эффективности инклюзивного образования в дошкольных организациях
дошкольное образование инклюзивная среда компетентность педагога особые образовательные потребности педагогические условия психолого-педагогическая поддержка равные возможности развитие детей социализация
English
This article examines the organization of inclusive education in preschool educational institutions and the creation of appropriate conditions for children with special educational needs. The study highlights the importance of the material and technical facilities of educational institutions, teachers’ professional competencies, psychological and pedagogical support, adaptation of the educational process to children’s individual needs, and ensuring equal educational opportunities. Particular attention is paid to creating a supportive educational environment that promotes children’s socialization, communication skills, interaction with peers, and overall development. The article emphasizes the importance of cooperation among teachers, parents, psychologists, and other specialists in improving the effectiveness of inclusive education in preschool settings.
child development equal opportunities inclusive environment pedagogical conditions preschool education psychological and pedagogical support socialization special educational needs teacher competence

References

1. Sodiqova Sh.A. Maktabgacha pedagogika. – Toshkent: Tafakkur bo‘stoni, 2013.
2. Doshchanova G. Maxsus pedagogika. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2018.
3. Ayupova M.Yu. Logopediya. – Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2007
4. O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘RQ-595-son Qonuni. – Toshkent, 2019.
5. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonuni. – Toshkent, 2020.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida: PQ-4860-son qaror. – Toshkent, 2020-yil 13-oktabr.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida: 638-son qaror. – Toshkent, 2021-yil 12-oktabr.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. Maktabgacha ta’lim tizimini raqamlashtirish va maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida: 848-son qaror. – Toshkent, 2024-yil 18-dekabr.
View PDF Related articles