Mazkur maqolada Rui Gonsales de Klavixoning elchilik safarnomasi Amir Temur saltanatining siyosiy tuzilishi va saroy hayotini qayta tiklashda muhim tarixiy manba sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotda Klavixoning kuzatuvlari Nizomiddin Shomiy, Sharafiddin Ali Yazdiy, G‘iyosiddin Ali va Abdurazzoq Samarqandiy kabi zamondosh mahalliy tarixchilarning asarlari bilan qiyosiy manbashunoslik yondashuvi asosida solishtirilgan. Asosiy e’tibor siyosiy iyerarxiya, saroy marosimlari, diplomatik protokol, saroy madaniyati, hukmdor xonadoni hamda hukmron elita faoliyatiga qaratilgan. Tadqiqot natijalari Klavixo safarnomasi mahalliy tarixiy manbalarni to‘ldirib, temuriylar saroyining amaliy faoliyati, marosim an’analari va diplomatik amaliyoti haqida mahalliy solnomalarda nisbatan kam yoritilgan muhim ma’lumotlarni saqlab qolganligini ko‘rsatadi. Maqolada Klavixoning elchilik safarnomasi Temuriylar davlati siyosiy madaniyati va saroy institutlarini o‘rganishda eng muhim qo‘shimcha manbalardan biri ekanligi xulosasi ilgari suriladi.
Amir Temur
Rui Gonsales de Klavixo
Temuriylar davlati
diplomatik protokol
elchilik safarnomasi
mahalliy tarixiy manbalar
manbashunoslik
qiyosiy tarixshunoslik.
saroy hayoti
siyosiy tuzilish