Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablari va o‘quv markazlarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda o‘quv markazlarining og‘zaki muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi samaradorligini ta’minlovchi pedagogik xususiyatlar — kichik guruhlarda ishlash, individual yondashuv, erkin muloqot muhiti, interaktiv metodlar va raqamli texnologiyalardan tizimli foydalanish aniqlanib, ular an’anaviy maktab darsining shart-sharoitlari bilan taqqoslanadi. Shu asosda A2–B1 til bilish darajalarida o‘quvchilarning o‘rganish uslublari (audial, vizual va kinestetik)ni hisobga olgan holda o‘quv markazlari tajribasini umumiy o‘rta ta’lim maktablariga moslashtirish imkoniyatlari asoslab beriladi, maktab amaliyotiga mos aralash ta’lim modellari taklif etiladi hamda o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi o‘rni yoritiladi. 10–11-sinf o‘quvchilaridan iborat 720 nafar ishtirokchi bilan o‘tkazilgan pedagogik tajriba natijalari o‘quv markazlarida qo‘llaniladigan yondashuvlar an’anaviy yondashuvga nisbatan o‘quvchilar natijalarini 1,14–1,15 baravar oshirganini tasdiqladi.
A2–B1 darajasi
aralash ta’lim
audial
ilg‘or tajribalarni moslashtirish
kinestetik
nutqiy kompetensiya
o‘qituvchilar tayyorgarligi
o‘quv markazlari
o‘rganish uslublari
qiyosiy tahlil
umumiy o‘rta ta’lim maktabi
vizual